Jahon | 08:28 / 08.01.2019
5841
2 daqiqa o‘qiladi

Pens: Oq uy AQShda favqulodda holat e'lon qilishning yuridik imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Foto: Alex Wong/Getty Images

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens xabar berishicha, Amerika ma'muriyati prezident Donald Trampning Meksika bilan chegarada devor qurish uchun moliyalashtirishni olish maqsadida favqulodda holat joriy etish bo‘yicha tashabbusi qonuniy jihatdan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanini o‘rganmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.

Trampning g‘oyasi bo‘yicha Oq uy huquqshunoslari qanday xulosa bergani haqidagi savolga javoban Pensning ma'lum qilishicha, «ular buni o‘rganishmoqda va prezident buni ko‘rib chiqmoqda».

Vitse-prezidentning qo‘shimcha qilishicha, ma'muriyat masalani bunday yo‘l bilan emas, balki kongress orqali hal qilishni afzal ko‘radi.

«Men kongress hozirgi inqiroz bo‘yicha barchaga ma'qul keluvchi yechim topish maqsadida biz bilan ishlamasligiga sabablar ko‘rmayapman. Bizning janubiy chegaramizdagi vaziyat hal etilishi kerak», - dedi Pens.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu muammoni huquqiy doirada hal qilish bo‘yicha hech qanday to‘siq yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq CNN Tramp mamlakatdagi «shatdaun inqirozi»ni kuchaytirayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid