Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Demokratlar yetakchilari Trampga chaqiriq bilan chiqishdi
Foto: Reuters /Jonathan Ernst
AQSh kongressining vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi va senatdagi demokratlar yetakchisi Chak Shumer mamlakat prezidenti Donald Trampni hukumat ishini qayta tiklashga chaqirdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
«Prezident, hukumat ishini qayta tiklang. Shunda biz o‘zaro pozitsiyalarimizdagi farqlarni hal qilish ustida ishlay olamiz», - deya ma'lum qilgan Pelosi va Shumer qo‘shma bayonotda.
Demokratlar fikriga ko‘ra, Trampning Meksika bilan chegarada devor qurish bo‘yicha rejasi samarasiz hisoblanadi.
Shuningdek, Shumerning ta'kidlashicha, Tramp amerikaliklarning o‘z ma'muriyatidagi muammolarga qaratilgan e'tiborini chalg‘itish maqsadida Oval kabinetdan millatga murojaat bilan chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Oq uy AQShda favqulodda holat e'lon qilishning yuridik imkoniyatlarini o‘rganayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:31 / 13.11.2025
AQSh tarixidagi eng uzoq davom etgan shatdaun yakunlandi
09:32 / 11.11.2025
AQSh Senati shatdaunni tugatishga qaratilgan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi
09:26 / 11.11.2025
Shatdaun: Tramp ishga chiqmayotgan aviadispetcherlarga tahdid qildi
09:30 / 10.11.2025