Jahon | 22:09 / 09.01.2019
56463
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng badavlat odami ajrashmoqda

Foto: REUTERS/Danny Moloshok

Amazon kompaniyasi asoschisi, dunyoning amaldagi eng boy odami Jyeff Bezos va uning rafiqasi Makkenzi ko‘p yillik turmushdan keyin ajrashishlarini e'lon qilishdi. 

“Biz odamlar hayotimiz qanday davom etayotganini bilishlarini istaymiz. Alohida yashashga urinishdan keyin biz ajrashishga va do‘st bo‘lib qolishga qaror qildik”, deb aytilgan Jyeff va Makkenzi Bezos bayonotida. 

Juftlik 1993 yilda turmush qurgan. Ularning 3 o‘g‘li va xitoylik asrandi qizi bor.  

Ayni vaqtda Bezosning boyligi 139 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Juftlik ajrashgandan keyin bu boylik qanday taqsimlanishi hozircha noma'lum.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid