O‘zbekiston | 08:52 / 10.01.2019
13155
3 daqiqa o‘qiladi

Adliya vazirligiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:

ijrochilar va aholini qonunchilikning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilishning sifatini tubdan oshirish, ushbu faoliyatni tashkil qilishda prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy axborotdan keng ko‘lamda foydalanishini ta'minlash, ularning ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat organlari va tashkilotlar tomonidan huquqiy targ‘ibot va ma'rifat bo‘yicha olib borilgan ishlarni o‘rganish, shuningdek, ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;

aholining turli qatlamlari, shu jumladan, tadbirkorlar va yoshlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

ijrochilar va aholini qonunchilikning mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilishning sifatini tubdan yaxshilash maqsadida keng jamoatchilik fikrini o‘rganish, tahlil qilish, ushbu sohada ishlarni yanada takomillashtirish borasida takliflar ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining:

O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi hamda qo‘shimcha huquqiy ma'lumotlar (yuridik lug‘at, huquqiy adabiyotlar elektron maydonchasi, qonun hujjatlari loyihalari muhokamasi bo‘yicha onlayn forum va boshqalar) yetkazish tizimini o‘z ichiga oladigan O‘zbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portalini yaratish;

aholiga bepul maslahat berish portalini o‘z ichiga olgan Advice.uz huquqiy axborot tizimini yaratish;

umumta'lim maktablari va akademik litseylarda huquqiy bilimlarga doir o‘quv mashg‘ulotlari ko‘lamini yanada kengaytirish;

aholining kundalik hayotida ko‘p uchraydigan huquqiy masalalar yuzasidan savol-javob tarzidagi qo‘llanmalarni tayyorlash va xonadonlarga bepul tarqatish;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlariga aholining huquqiy savodxonligini oshirishda ko‘rsatgan xizmatlari uchun topshiriladigan “Huquqiy targ‘ibot ishlari a'lochisi” ko‘krak nishonini ta'sis etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid