Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp demokratlar bilan uchrashuvni birgina savoldan keyin tark etdi
Foto: Melina Mara/The Washington Post
AQSh prezidenti Donald Tramp demokratlarning kongressdagi yetakchilari Chak Shumer va Nensi Pelosi bilan uchrashuvni yagona savolga javob berganidan keyin tark etdi. Tramp bu haqda tvitterda ma'lum qildi.
Trampning aytishicha, u demokratlardan agar shatdaunni to‘xtatsa, ular Meksika bilan chegara bo‘ylab devor qurilishini o‘z ichiga oluvchi chegara xavfsizligi rejasini ma'qullashlari yoki yo‘qligi haqida so‘ragan. Shumer va Pelosi rad javobini berishgan.
“Men ularga: “xayr”. Unda foydasi yo‘q”, deb aytdim”, deb yozgan Tramp.
AQSh hukumati ishining vaqtinchalik to‘xtatilishi, ya'ni shatdaun 22 dekabrdan davom etmoqda. U kongressda chegarada devor qurilishiga mablag‘ ajratilishi borasidagi kelishmovchilik sababli yuzaga kelgan.
Mavzuga oid
10:30 / 04.02.2026
Tramp shatdaunni to‘xtatish uchun qonun loyihalari paketini imzoladi
09:37 / 03.02.2026
Tramp muhim minerallar zaxirasi yaratilishini e’lon qildi
11:31 / 13.11.2025
AQSh tarixidagi eng uzoq davom etgan shatdaun yakunlandi
09:32 / 11.11.2025