Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya AQSh qo‘shinlarini olib ketmasa ham Suriya shimoliga yurish qiladi
Suriya shimoli-sharqida rejalashtirilgan Turkiya amaliyoti Amerika qo‘shinlarining mintaqadan olib chiqilishiga bog‘liq emas. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li xabar berdi. Uning so‘zlari Associated Press tomonidan keltirilgan.
Vazirning ko‘rsatishicha, Anqara tahdidni bartaraf etish uchun zarur qadamlar tashlaydi. Bu amerikalik harbiylar tomonidan istalgan xatti-harakatlarda sodir bo‘ladi, «ular ketishi yoki ketmasligi muhim emas», deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
6 yanvar kuni AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Turkiya Suriya shimoli-sharqida yashovchi kurdlarni ta'qib qilmaslikka rozilik bermagunga qadar, amerikalik harbiy xizmatchilar mamlakatning bu qismini tark etmasligini ma'lum qildi.
Bundan bir kun avval OAV At-Tanf bazasi joylashgan Suriya janubida AQSh harbiylari noma'lum muddatga qolishi mumkinligini xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyada IShID jangarilari qo‘lga olingani, ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:06
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30 / 10.06.2026