Suriya şimolida harakatlanuvçi kurdlar milliy mudofaa otryadlari IŞID terrorçilik taşkilotining 8 nafar jangarisini asirga olişdi.
Qölga oliş Dayr-az-Zor şahri yaqinida sodir böldi, deya xabar qilingan otryadlarning «Twitter»dagi sahifasida.
8 ISIS terrorists of foreign origins have been captured in a special operations by our counter-terrorism units in Deir al-Zour.
— Rojava Defense Units | YPG (@DefenseUnits) January 9, 2019
Qayd etilişiça, harbiy asirga olinganlar orasida 58 yoşli Odil Rahimov, 28 yoşli Farhod Qodirov (Özbekiston), 30 yoşli Sattibek Oşibayev (Qozoğiston), 16 yoşli Solay Noa Su (AQŞ), 22 yoşli Muhammad Davlat (Tojikiston) 27 yoşli Asqar Zarmanbetov (Ukraina), 31 yoşli Lukas Glab (Germaniya) va 30 yoşli Begjan Bimurayev (Rossiya) bor.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Suriyada IŞID ustidan ğalaba haqida e'lon qilgandi.













