Texnologiya | 12:58 / 10.01.2019
8811
1 daqiqa o‘qiladi

Xiaomi uch kun ichida birjada 6,3 mlrd dollar yo‘qotdi

Foto: Anthony Kwan / Bloomberg

Xitoyning smartfonlar ishlab chiqaruvchi Xiaomi kompaniyasi aksiyalari Honkong birjasida uch kun ichida 17%ga tushib ketdi, kompaniya bozor qiymatining 6,3 mlrd dollarini yo‘qotdi, deb xabar berdi Bloomberg.  

Investing.com saytining ma'lumotiga ko‘ra, 10 yanvar kuni Xiaomi aksiyalari 5% ga arzonlashgan va bitta aksiyaning birjadagi bahosi 9,83 Honkong dollarini tashkil etgan ($1,25).

Iyul oyida IPO birinchi kunida Xiaomi aksiyalari 19 Honkong dollariga teng bo‘lgandi ($2,42). Shu yilning 7 yanvar kuni bitta aksiya 1,53 dollarga baholangan bo‘lsa, keyingi ikki kunda aksiya narxi 7,50% va 6,85%ga arzonlashgan.

Analitiklar keyingi vaqtda smartfonlar bozorida savdo sur'atining pasayishi va boshqa ishlab chiqaruvchilarning raqobati kuchayishi sababli Xiaomi daromadlari tushib ketishini taxmin qilishmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid