Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makgregor Nurmagomedovga o‘zaro jang vaqtida nima haqida aytgani ma'lum bo‘ldi
Foto: John Locher / AP
Aralash yo‘nalish bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor Instagram’dagi o‘z akkauntida Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni Habib Nurmagomedovga o‘zaro bahs paytida nima haqda gapirganini aytib o‘tdi.
Makgregor video e'lon qildi, unda amerikalik bokschi Pol Malinyajini shikoyat qilishni to‘xtatishga chaqirdi. «Men Habibga ham uchinchi raund oxirida xuddi shu narsani aytdim. Shikoyat qilishni to‘xtatish! U har safar hakamga murojaat qildi. Hattoki, to‘rtinchi raundda ham», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi jangchi.
Irlandiyalikning so‘zlariga ko‘ra, bu unga xalaqit bergan, chunki unda raqibiga qaraganda hakamga murojaat qilish uchun ko‘proq sabablar bor edi. «Birinchi raundda hakamga murojaat qilishim kerak edi. Habib oyog‘imni qariyb to‘rt daqiqa davomida ushlab turdi. Nol faolligi bilan», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yaponiyalik kikbokschi Tensin Natsukava Twitter’da avvalroq o‘zi bilan jang o‘tkazish niyatida ekanini bildirgan Konor Makgregorga javob qaytargandi.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
18:33 / 15.08.2024