Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenkoning uyi ustidan dronlar uchib o‘tishi taqiqlandi
Foto: UNIAN
Ukraina davlat aviatsiya xizmati mamlakat hududida uchuvchisiz uchar qurilmalar uchishi taqiqlangan hududlar xaritasini e'lon qildi. Xaritadan prezident Pyotr Poroshenkoning Kiyev oblastidagi Kozin posyolkasida joylashgan uyi ham o‘rin olgan, deb xabar berdi RIA Novosti.
"Uchuvchisiz uchar qurilmalar bozorining jadal rivojlanib borayotganligini e'tiborga olgan holda yangi turdagi uchuvchi qurilmalardan foydalanishning yangi tartibi ustida ish olib bormoqdamiz", deyiladi aviatsiya xizmati xabarida.
Avvalroq Ukraina Turkiyadan Bayraktar TB2 zarba beruvchi harbiy dronlarni sotib olishi haqida xabar qilingandi.
Ta'kidlanishicha, «Ukrspetseksport» davlat shirkati turkiyalik hamkorlar bilan tegishli bitimni imzolagan.
Mavzuga oid
15:07 / 29.12.2025
Moskvada dronlar sabab 312 ta aviareys kechiktirildi va bekor qilindi
15:32 / 25.12.2025
Ukraina dronlari Tula viloyatidagi zavodga hujum qildi
13:00 / 25.12.2025
Krasnodar o‘lkasida dron zarbasidan keyin neft mahsulotlari yonib ketdi
10:31 / 23.12.2025