Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barbados deysizmi? Yo‘q, biz O‘zbekistonga!
LouthLeader nashri O‘zbekistonni tobora tanilib borayotgan noan'anaviy sayyohlik yo‘nalishi sifatida tavsiya qildi.
Ispaniya, Misr va Kanar orollari dam olish uchun hali ham mashhur yo‘nalishlar hisoblanishi bilan birga, noan'anaviy yo‘nalishlar tobora talabgor bo‘lib bormoqda.
Louth’s Lincolnshire Co-Op Travel Branch xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, bu borada Vetnam va Kambojaga yetarlicha e'tibor qaratilmoqda.
Shunday bo‘lsa-da, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Kosta-Rika kabi yo‘nalishlar ham ro‘yxatning birinchi pog‘onasida. Bu yerlarga borishga qaror qilgan kishilar uchun yosh cheklovchi omil hisoblanmaydi.
"18 yoshdan boshlab 90 yoshdan oshgan kishilar ham bemalol u yerlarga sayohat qilishi mumkin! Yosh jihatidan ko‘lam keng, - deydi Branch menejyeri Reychel Bilkliff.
Bolalarning yozgi ta'til davri eng sayohatbop mavsum hisoblanadi, ishonchim komilki, bundan keyinam shundayligicha qoladi. Maktab ta'tili bilan cheklanmaydigan kishilar uchun may-sentabr sayohat qilish uchun eng mashhur oylardir".
Mavzuga oid
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026