Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada muzli yomg‘ir 40 dan ortiq avtomobilning to‘qnashuviga sabab bo‘ldi
Italiya shimolidagi tog‘li yo‘lda 40 dan ortiq avtomobil to‘qnashuvi yuz berdi, YTH natijasida 40 nafarga yaqin kishi jarohatlandi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Xabar qilinishicha, avtomobillar to‘qnashuviga muzli yomg‘ir sabab bo‘lgan.
"To‘qnashuv 42-43 avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan, 38-39 kishi jarohatlangan. Ularning ko‘pchiligi yengil jarohat olgan", deb ma'lum qildi politsiya vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan, to‘rt kishi o‘rtacha darajada tan jarohati olgan.
"Bunday voqea o‘nlab yillardan beri sodir bo‘lmagan bo‘lsa kerak. To‘g‘risini aytsam, 34 yillik faoliyatim davomida bunday yo‘l-transport hodisasini ko‘rmaganman", dedi u.
Mavzuga oid
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026