Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nadal matbuot anjumanida uxlab qolgan jurnalistni uyg‘otib yubordi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Australian Open’dagi bellashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida uxlab qolgan jurnalistni uyg‘otib yubordi. Video ESPN Tennis’ning Instagram-akkauntida paydo bo‘lgan.
Nadal savolga javob qaytarib, italiyalik muxbir Ubaldo Skanagatta uxlab yotganini aytgan. Nadal u tomonga jiddiy qaragan va shunday degan: «Bugun unchalik qiziq emas». Jurnalistni hamkasblarining kulgisi uyg‘otib yubordi. «Bu jyetlag (organizmning vaqt mintaqalari o‘zgarishiga tabiiy reaksiyasi - tahr.)», - deya tennischining oldida o‘zini oqlagan u. «Qo‘rqinchli emas. Bilaman, siz so‘zlarni yaxshiroq tushunish uchun ko‘zingizni yumib olgansiz», - deya hazillashgan Nadal.
Australian Open’ning birinchi doirasidagi uchrashuvda 32 yoshli Nadal avstraliyalik Jyeyms Dakvortni uch setda taslim etdi (6:4, 6:3, 7:5). Ikkinchi doirada ispaniyalik yana bir avstraliyalik Mettyu Ebden bilan uchrashadi. Bahs 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Nadal - dunyoning ikkinchi raketkasi. Ispaniyalik «Katta dubulg‘a» seriyasidagi turnirlarda 17 marta g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tennischi Endi Marrey faoliyatini yakunlamoqchi ekani, matbuot anjumanida u ko‘z yoshlarini tiya olmagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:45 / 08.06.2026
Rolan Garros–2026: Zverev tarixiy g‘alabaga erishdi
07:35 / 23.03.2026
Xitoyda robot tennis o‘ynashni o‘rgandi: u 96 foiz aniqlik bilan zarbalarni qaytarmoqda
01:22 / 19.01.2026
Vinus Uilyams Australian Open rekordini o‘rnatdi
11:48 / 15.12.2025