Tennisçi Endi Marrey Avstraliya Oçiq çempionatidan oldin ötkazilgan matbuot anjumanida bu uning sönggi katta musobaqasi bölişi mumkinligini e'lon qildi.
Marreyning sözlariga köra, u jarohatdan keyin töliq tiklana olmadi va kuçli oğriq his qilmoqda. Tennisçining aytişiça, iyul oyi birinçi yarmida bölib ötadigan Uimbldondan keyin faoliyatini yakunlaş niyatida.
Biroq, uning sözlariga köra, oğriq tufayli faoliyatini undan ham avvalroq tugatişi ehtimol bor. Marrey bu haqda gapirib, köz yoşlarini tiya olmagan.
Ma'lumot uçun: britaniyalik tennisçi US Open ğolibi, Uimbldonda ikki marta zafar quçgan va olimpiya çempioni hisoblanadi.













