Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Turkiyaga tahdid qildi
Foto: EPA
AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda Turkiyaga iqtisodiy choralar bilan tahdid qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Anqara suriyalik kurdlarga hujum qilsa, Qo‘shma Shtatlar Turkiyani «xonavayron qiladi».
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, kurdlar ham Turkiyani provokatsiya qilmasligi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya AQSh qo‘shinlarini olib ketmasa ham Suriya shimoliga yurish qilishi xabar berilgandi.
Suriya shimoli-sharqida rejalashtirilgan Turkiya amaliyoti Amerika qo‘shinlarining mintaqadan olib chiqilishiga bog‘liq emas. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li xabar berdi.
Vazirning ko‘rsatishicha, Anqara tahdidni bartaraf etish uchun zarur qadamlar tashlaydi. Bu amerikalik harbiylar tomonidan istalgan xatti-harakatlarda sodir bo‘ladi, «ular ketishi yoki ketmasligi muhim emas», deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Mavzuga oid
18:59
Turkiya va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 34 yilligini nishonlamoqda
19:11 / 02.03.2026
Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda
17:49 / 02.03.2026
Turkiyada aniqlangan noqonuniy migrantlar orasida o‘zbekistonliklar uchinchi o‘rinda qayd etildi
15:28 / 02.03.2026