Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Facebook va YouTube VPN’siz ishlay boshladi
Bugun, 15 yanvar kunining birinchi yarmida O‘zbekistonda internet uzilishlar bilan ishladi, uning tezligi sezilarli darajada tushib ketdi.
Mahalliy interenet-provayderlari, jumladan Turon Telecom, TPS va EVO tomonidan bu muammolar «O‘zbektelekom» olib borayotgan texnik ishlar bilan bog‘liqligini ma'lum qildi.
Shu bilan birgalikda, kunning ikkinchi yarmida internet bilan bog‘liq muammolar barham topib, O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari Facebook ijtimoiy tarmog‘i va YouTube saytiga muammosiz, hech qanday vositalarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni boshlashdi.
Shuningdek, endi BBC Uzbek, «Ozodlik», «Fergana.ru» va «Amerika Ovozi» kabi saytlarga kirishda ham avvalgidek VPN’ga hojat bo‘lmayapti.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2018 yilning sentabr oyi boshida Facebook’dan foydalanishda muammolar yuzaga kelgandi, oktabr oyidan esa YouTube portaliga ham yordamchi vositalarsiz kirib bo‘lmay qolgandi.
Shundan keyin o‘zbekistonliklar orasida xususiy virtual tarmoq – VPN’dan foydalanish ommalashgan, foydalanuvchilar shu vosita orqali bloklangan saytlarga kira boshlashgandi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistondagi barcha internet provayderlari va operatorlari internetga «O‘zbektelekom» kompaniyasi orqali internetga ulanadi. Yuqoridagi saytlarga kirish to‘silganida «O‘zbektelekom» ham, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ham bu muammolarga aloqador emasligini bildirgandi.
Mavzuga oid
00:15 / 14.06.2026
YouTube'da ilk bor 500 mln obunachiga ega bloger paydo bo‘ldi
19:25 / 20.05.2026
Feyk xabarlarga chek qo‘yish: YouTube jiddiy yangilanishni tayyorlamoqda
16:30 / 16.04.2026
Uzbekistan Airways’dan “O‘zbektelekom”gacha. Qator davlat kompaniyalari sotuvga chiqariladi
18:08 / 12.03.2026