Facebook ijtimoiy tarmoği işida 16 sentabr kunduzgi vaqtlarda yana nosozliklar kuzatila boşlandi.

Downdetector servisi ma'lumotlariga köra, nosozliklar faqatgina Özbekistonda kuzatilmayapti. Biroq, boşqa mamlakatlardagi foydalanuvçilar ijtimoiy tarmoqqa kira olmasliklari borasida şikoyat qilmoqdalar (log in). Özbekistonda esa asosiy muammo serverlarga umuman kirib bölmayotganidadir (total blackout).

Servisga kiriş bilan boğliq muammolar yana VPN-ilovalar ommabopligini oşirmoqda.

Masalan, iOS uçun VPN Proxy Master avvalgi nosozliklar paytida Özbekistondagi eng köp yuklab olingan dasturga aylangan bölsa, keyinçalik pozitsiyasini yöqota boşladi. Hozirda esa, u 78 pozitsiyaga kötarildi va ösişda davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda VPN-ilovalar ommabopligi pasayişi kuzatilayotgani xabar berilgandi.