Jahon | 14:37 / 16.01.2019
12151
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh harbiylari tarixda ilk bor "shatdaun" sababli oylik olishmaydi

Foto: RIA NovostiREUTERS/Mike Blake

AQSh sohil qo‘riqlash xizmati qo‘mondoni admiral Karl Shuls qo‘l ostidagi harbiylarga federal hukumatning ishi to‘xtatib qo‘yilgani ("shatdaun") bois ular oylik maosh ololmasliklari to‘g‘risida ogohlantiruvchi maktub yo‘lladi. Maktubda bu holat mamlakat tarixida ilk bor yuz berayotganini qayd etdi.

"Bugun sizlar doimiy maoshingizni olmaysiz. Menga ma'lum bo‘lishicha, AQSh QK xizmatchilari budjet moliyalashtirilishi to‘xtatilgani sababli millatimiz tarixida ilk bor oylik maoshlarini olishmaydi", deyiladi sohil qo‘riqlash xizmati saytida chop etilgan maktubda.

Shatdaun — AQSh federal hukumati ishining vaqtincha to‘xtatilishi 22 dekabrdan buyon davom etmoqda. Bunga demokratlar va respublikachilarning Meksika bilan chegarada devor qurilishi sababli budjet borasida kelisha olmaganliklari sabab bo‘ldi. Respublikachilar bu maqsad uchun 5 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratilishini qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, demokratlar 1,3 mlrd dollarga rozi bo‘lishmoqda.

Ayni vaqtda ichki ishlar, qishloq xo‘jaligi, uy qurilishi va shaharni rivojlantirish, savdo, milliy xavfsizlik va moliya vazirliklari, davlat departamenti moliyalashtirishsiz qoldi.

Mavzuga oid