AQSh tomon yo‘lga chiqqan muhojirlar karvoni Gvatemalaga kirib keldi
Gondurasdan AQSh tomon yo‘lga chiqqan muhojirlar guruhi Gvatemala hududiga kirib keldi, deb xabar berdi Gvatemalaning Prensa Libre portali.
Muhojirlarning yangi karvoni dushanba kuni tunda Gondurasdagi San-Pedro-Sula shahridan yo‘lga chiqqandi. Ularning soni necha kishidan iboratligi aniq emas. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, karvonda mingdan ikki ming kishigacha bo‘lishi mumkin.
Efe agentligining xabariga ko‘ra, Gvatemala hududiga zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan 359 nafar muhojir o‘tgan.
Hozirda Meksika-AQSh chegarasida Markaziy Amerika mamlakatlaridan kelgan bir necha ming muhojir to‘plangan. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, Tixuana va Mexikali shaharlarida Gonduras, Gvatemala va Salvadordan kelgan 6-9 ming nafar muhojir bor.
Mavzuga oid
09:11 / 10.03.2021
Gonduras prezidenti AQShga giyohvand modda olib kirishga aloqadorlikda gumon qilinmoqda
21:18 / 17.06.2020
Gonduras prezidenti va uning rafiqasida koronavirus aniqlandi
08:10 / 05.09.2019
Hondurasning sobiq birinchi xonimi 58 yillik qamoq jazosi oldi
09:18 / 24.11.2018