Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gonduras prezidenti AQShga giyohvand modda olib kirishga aloqadorlikda gumon qilinmoqda
Nyu-York shtati Janubiy okrugi federal prokuraturasi Gonduras prezidenti Xuan Orlando Ernandesni AQShga giyohvand modda olib kirishga aloqador deb hisoblamoqda.
Bu haqda federal prokuror yordamchisi Jyeykob Gatuilleg gonduraslik Jovanni Fuentes Ramires ishi bo‘yicha sud majlisida aytib o‘tdi. Ramires giyohvand moddalar sotishga aloqadorlikda ayblanmoqda. Gatuillegning aytishicha, Gonduras prezidenti Ramires bilan uchrashuvlarda AQShga kokain moddasining olib kirilishini yo‘lga qo‘ymoqchiligini aytgani haqida guvohlar ko‘rsatmalari bor.
Prokuror yordamchisining ta'kidlashicha, Ernandes va Ramires o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar 2013 va 2014 yillarda bo‘lib o‘tgan. Bu haqda Xose Sanches ismli guvoh ko‘rsatmalar bergan. Biroq Ernandesning advokatlari Sanchesning ko‘rsatmalariga ishonish kerakmasligi aytishgan, chunki AQSh bu ko‘rsatmalar evaziga unga boshpana berishga tayyor.
Prokuratura versiyasiga ko‘ra, Gonduras prezidenti og‘ufurushlardan pora olgan va buning evaziga ularga bemalol harakatlanishga ijozat bergan hamda narkolaboratoriyani qo‘riqlash uchun harbiylarni jalb qilgan. Biroq Ernandes bu ayblovlarni rad etmoqda. Aytish joiz, AQSh hukumati unga rasman hech qanday ayblov bildirmagan.
Gonduras prezidentining ukasi Xuan Antonio Ernandes 2019 yil oktyabrda AQShda giyohvand moddalar savdosiga aloqadorlikda aybdor deb topilgan. O‘shanda prokuratura vakillari “Sinaloa” narkokartelining sobiq rahbari Xoakin Gusman Gonduras prezidentiga 1 mln dollar pora berganini aytishgan. Biroq Gonduras prezidenti bu ayblovlarni rad etgan.
Mavzuga oid
22:32 / 07.07.2026
AQSh 100 yil ichida birinchi marta dumaloq bo‘lmagan tanga chiqaradi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026