Gonduras sudi sobiq prezident Porfirio Loboning rafiqasi Rosa Elena Bonilyani 58 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, sobiq birinçi xonim mablağlarni noqonuniy özlaştiriş va firibgarlik jinoyatlari uçun şunday qattiqqöllik bilan jazolangan. 52 yoşli Bonilyaning advokati mijozi aybdormasligini va hukm ustidan oliy sudga şikoyat qilinişini ma'lum qilgan.
Sud ayolni 8 ta firibgarlik va 3 ta mablağni özlaştiriş holatida aybdor deb topgan. Unga berilişi mumkin bölgan jazo muddati 87 yilni taşkil qilişi mumkin edi.
Bonilya özlaştirilgan mulkning qiymatini töliq hajmda va yana 10 foiz miqdorida jarima tölab berişi kerak. Uning mol-mulki musodara qilinadi.
Ayol öz turmuş örtoğining prezidentlik muddati yakunlanişiga 4 kun qolganda öz hisobraqamiga 12 mln Gonduras lempiri (510 ming dollar) ötkazganligi aniqlangan. Şuningdek, sobiq birinçi xonim 2011 yildan 2015 yilgaça soxta şaxslar hisobraqamiga umumiy qiymati 3 mln 845ming dollarlik 70 ta çek yozib bergan.
Bundan taşqari, u firibgarlik yöli bilan ijtimoiy ehtiyojlarga ajratilgan davlat mablağlaridan 16 mln lempir (650 ming dollar) özlaştirgan.
Ayol 2018 yil fevralda uşlangan. Uning turmuş örtoği Gondurasni 2010 yildan 2014 yilgaça boşqargan.












