Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi Gudzon ko‘rfazi ustidan o‘tuvchi ko‘prik buzib tashlandi
Nyu-Yorkdagi Gudzon ko‘rfazi ustidan o‘tuvchi “Tappan Zi” ko‘prigi yo‘naltirilgan portlatish usuli bilan buzib tashlandi. Yarim asrdan ko‘proq xizmat qilgan ko‘prikni demontaj qilishga qaror qilingan.
1955 yilda ochilgan ko‘prikdan umumiy hisobda 61 yil 9 oy foydalanilgan, vaholanki u 50 yil foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lgan. Ko‘prik yonida 2017 yil avgustda yangi ko‘prik ochilgan. Ushbu ko‘prik qurilishiga 4 mlrd dollar sarflangan.
Shahar rahbariyati ko‘prikni 2005 yildayoq buzib tashlashga qaror qilgan, biroq ushbu rejalarga qaramay unga 2019 yilgacha tegilmagan.
Yo‘naltirilgan portlash yordamida ko‘prikning sharqiy qismi buzilgan, yil davomida uning g‘arbiy qismini demontaj qilish rejalashtirilgan.
Ko‘prikning suvga tushgan bo‘laklari suvdan chiqarib olinib, qayta ishlashga jo‘natiladi.
Ko‘prikning portlatilishini 200 ga yaqin odam kuzatgan.
Mavzuga oid
17:49 / 13.09.2025
Tramp Nyu-Yorkda Qatar bosh vaziri bilan tushlik qildi
21:33 / 28.05.2025
Tirbandlik solig‘i Nyu-York shahriga 4 oyda 216 million dollar keltirdi
21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi
23:03 / 11.03.2025