Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish ko‘paydi, neft qazib olish kamaydi
Foto: RIA Novosti
2018 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni 2017 yilning shu davriga nisbatan 3,7 foizga oshirdi - taxminan 1,15 million tonnagacha. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.
Hisobot davrida dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish hajmi 1,08 mln tonnani tashkil etdi, bu 2017 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 12,2%ga ko‘p.
Shu bilan birga, O‘zbekiston 2018 yil yanvar-dekabr oylarida neft qazib olishni 2017 yil shu davriga nisbatan 8,2 foizga qisqartirdi - 746,4 ming tonnagacha.
2018 yil yanvar-dekabr oylarida tabiiy gaz qazib olish taxminan 59,84 milliard kub metrga teng bo‘lib, bu 2017 yilning shu davri bilan solishtirganda 6,1 foizga ko‘pdir.
O‘zbekiston 2018 yilda 2,14 million tonnadan ortiq gaz kondensatini ishlab chiqardi, bu 2017 yilga nisbatan 9,9 foizga ko‘p.
Mavzuga oid
20:14 / 18.04.2026
Yoqilg‘i xarajatiga 3 foizgacha komissiya minyapti. Farg‘onadan reportaj
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
09:29 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar 2 oyda tibbiy xizmatlarga 3,5 trln so‘m sarfladi
23:08 / 09.04.2026