O‘zbekiston | 11:29 / 16.01.2019
19222
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 25000 dollardan ortiq pullar noqonuniy muomaladan chiqarildi

Foto: Getty Images

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, fuqaro A.M. va J.Q.lar oldindan til biriktirib, har bir AQSh dollarini 8470 so‘mdan hisoblab, 10000 AQSh dollarini 84,7 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda ushlanganlar.

Bundan tashqari, tadbir davomida fuqaro A.M.dan 15200 AQSh dollari, fuqaro J.Q.dan 5000 Rossiya rubli va 200 AQSh dollari ashyoviy dalillar sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid