Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh yadro qurolidan Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun foydalanmoqchi
AQSh raketalardan mudofaa bo‘yicha yangi strategiyasi shuni nazarda tutadiki, bunda mamlakat yadro qurolini Rossiya va Xitoyni tiyib turishning asosiy vositasi sifatida ko‘rishda davom etadi. Bu haqda TASS AQSh ma'muriyati vakiliga tayangan holda xabar tarqatdi.
Vakilning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoydan «ehtimoliy yadroviy tahdidlarni» tiyib turish uchun yadro quroliga tayanishda davom etadi. Shu bilan birga, vakilning qayd etishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp har ikki davlat bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishni maqsad qilgan.
Amaldorning qo‘shimcha qilishicha, AQSh raketalardan mudofaa tizimlari imkoniyati ko‘p jihatdan «yakkalatib qo‘yilgan davlatlar», jumladan, Eron tomonidan ehtimoliy tajovuzkorlikni qaytarish uchun mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Eronni sun'iy yo‘ldosh uchun keskin qoralagandi.