Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar miya faoliyatini yaxshilash yo‘lini topdilar
Foto: Getty Images
Amerikalik olimlar miya faoliyatini yaxshilash yo‘lini topishdi. Bu haqda EurekAlert! portalida xabar berilgan.
O‘tkazilgan tadqiqot natijasida ularning xulosasiga ko‘ra, bunga jismoniy faollik turtki beradi.
Ta'kidlanishicha, tajribada 454 kishi ishtirok etgan. Ular 20 yil davomida turli jismoniy faollik hamda miya faoliyati bo‘yicha testlardan o‘tkazildi. Aniqlik kiritilishicha, ular o‘z o‘limidan so‘ng ham miya ishini o‘rganishga ruxsat bergan.
«Bizning tadqiqot guruhimiz tajriba ishtirokchilarining jismoniy faolligi darajasini, o‘rtacha, o‘limdan ikki yil oldin o‘lchadi. Keyin, o‘limdan so‘ng, ular miya to‘qimalari tekshirildi va yuqori jismoniy faollik miyaga himoya sifatida ta'siri ko‘rsatishi mumkinligi aniqlandi», - dedi olimlardan biri.
Qayd etilishicha, ular orasidagi oz harakat qilganlar ko‘p holatlarda aqli zaiflikdan aziyat chekkan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston noto‘g‘ri ovqatlanishdan o‘lim holatlari darajasi bo‘yicha «yetakchi» bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:51 / 20.03.2026
Eng baxtli mamlakatlar ma’lum qilindi
23:15 / 13.03.2026
Xitoy miya implantini tijoriy maqsadlarda ishlatishni ma’qullagan birinchi davlat bo‘ldi
02:09 / 09.03.2026
Tadqiqot: o‘smirlar tobora kamroq uxlamoqda
07:23 / 07.02.2026