Germaniyadagi Fridrix Şiller nomidagi universitet olimlari notöğri ovqatlaniş sabab yuz beradigan ölim holatlari darajasi böyiça Yevropa mamlakatlari reytingini tuzişdi. Tadqiqot 1990 yildan 2016 yilgaça bölgan davrdagi ma'lumotlarga asoslanadi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Zararli ovqatlaniş odatlari tufayli eng yuqori ölim darajasi MDH mamlakatlarida qayd etildi. Muqaddam SSSR tarkibiga kirgan respublikalar reytingda birinçi ön bir örinni egalladi. Özbekiston ölim holatlari soni böyiça «yetakçi» böldi. Qayd etilişiça, mamlakatda yomon ovqatlaniş oqibatida har 100 ming kişidan 394 kişi hayotdan köz yumgan.

Ikkinçi va uçinçi örinda Turkmaniston hamda Qirğiziston. Ulardan keyin Ukraina, Moldova, Ozarboyjon, Belarus, Tojikiston va Qozoğiston joylaşdi. Rossiya har 100 ming kişiga 291ta ölim holati körsatkiçi bilan öntalikni yakunladi.

Eng töğri ovqatlanişga Ispaniya, Isroil va Fransiya aholisi rioya qiladi. Bu mamlakatlarda har 100 ming kişidan 43-46 inson notöğri ovqatlaniş odatlari tufayli hayotdan köz yumgan.

Olimlarning baholaşiça, 2016 yilda notöğri ovqatlaniş Yevropadagi ölim holatlarining yarmiga sabab böldi. Mintaqada yaşovçi ikki milliondan ortiq kişi oziq-ovqatdagi tuz miqdori yuqori ekani va sabzavot, yonğoqlar hamda donli mahsulotlar iste'molining kamligi tufayli kelib çiqqan kasalliklar qurboniga aylandi.