O‘zbekiston | 09:15 / 18.01.2019
18411
2 daqiqa o‘qiladi

Avtomobil transporti agentligi rahbari Kurbuloq masalasiga oydinlik kiritdi

Turkiya axborot saytlarida Kurbuloq chegara shaharchasi bojxona postida qolgan minglab yuk tashuvchi mashinalar haqida xabar berilgandi. Ularda O‘zbekiston tomonidan yuk tashuvchi kompaniyaga haydovchilarning ruxsatnoma blankalari o‘z vaqtida jo‘natilmagani haqida yozildi.

Kun.uz muxbiri vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Avtomobil transporti agentligi rahbari Davron To‘lqinovich Dehqonov bilan suhbat o‘tkazdi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Agentlik rahbari voqeaga va xalqaro tranzit yuk tashuv qatnovlari tizimiga to‘xtalarkan, O‘zbekiston dunyoning 29 davlati bilan bu borada ikki tomonlama kelishuvlar imzolagani hamda o‘zaro tartib belgilab olinganini ta'kidladi.

«Turkiya bilan munosabatlar ularning haydovchilariga ruxsatnomalar berish tartibi orqali amalga oshirilmoqda. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, yuk tashish aylanmasi yil davomida bir maromda kechmaydi. Bu yil oxirida keskin o‘zgarishlar bo‘ldi. Yuklar ko‘payib ketdi. Blanklarning yetarli darajada bo‘lmaganligi va boshqa ichki sabablar tufayli haydovchilarga tegishli hujjatlar turkiyalik ekspeditorlar tomonidan o‘z vaqtida yetkazib berilmagan. Ayni vaqtda ruxsatnomalar Turkiyaga yetkazilgan va turk hamkasblarimiz bilan birgalikda kelajakda bunday holatlar yuz bermasligini nazorat ostiga olamiz”, - dedi Davron Dehqonov.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Eron bilan chegaradosh Kurbuloq hududida mingta yuk mashinasi O‘zbekiston tomonidan beriladigan ruxsatnoma blankalarini kutib qolgandi.

Kun.uz’ning O‘zbekiston Avtomobil transporti agentligi rahbari Davron Dehqonov bilan suhbati to‘liq talqini tez kunda taqdim etiladi.

Mavzuga oid