Davron Dehqonov muqaddam Özbekiston avtomobil transporti agentligiga rahbarlik qilgan, 2019 yil fevralida uşbu agentlik negizida Transport vazirligi taşkil etilgaç, vazir örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

Bundan avvalroq 4 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasida ötkazilgan yiğilişdan keyin prezident farmoni bilan Uy-joy kommunal xöjalik vaziri Muzaffar Soliyev lavozimidan ozod etilgani, quriliş vaziri Botir Zokirov ogohlantirilgani, transport vazirining yana bir örinbosari, Avtomobil yöllari qömitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyevga hayfsan berilgani haqida xabar qilingandi.