Turkiya axborot saytlarida Kurbuloq çegara şaharçasi bojxona postida qolgan minglab yuk taşuvçi maşinalar haqida xabar berilgandi. Ularda Özbekiston tomonidan yuk taşuvçi kompaniyaga haydovçilarning ruxsatnoma blankalari öz vaqtida jönatilmagani haqida yozildi.
Kun.uz muxbiri vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Özbekiston Avtomobil transporti agentligi rahbari Davron Tölqinoviç Dehqonov bilan suhbat ötkazdi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Agentlik rahbari voqeaga va xalqaro tranzit yuk taşuv qatnovlari tizimiga töxtalarkan, Özbekiston dunyoning 29 davlati bilan bu borada ikki tomonlama kelişuvlar imzolagani hamda özaro tartib belgilab olinganini ta'kidladi.
«Turkiya bilan munosabatlar ularning haydovçilariga ruxsatnomalar beriş tartibi orqali amalga oşirilmoqda. Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, yuk taşiş aylanmasi yil davomida bir maromda keçmaydi. Bu yil oxirida keskin özgarişlar böldi. Yuklar köpayib ketdi. Blanklarning yetarli darajada bölmaganligi va boşqa içki sabablar tufayli haydovçilarga tegişli hujjatlar turkiyalik ekspeditorlar tomonidan öz vaqtida yetkazib berilmagan. Ayni vaqtda ruxsatnomalar Turkiyaga yetkazilgan va turk hamkasblarimiz bilan birgalikda kelajakda bunday holatlar yuz bermasligini nazorat ostiga olamiz”, - dedi Davron Dehqonov.
Eslatib ötamiz, Turkiyaning Eron bilan çegaradoş Kurbuloq hududida mingta yuk maşinasi Özbekiston tomonidan beriladigan ruxsatnoma blankalarini kutib qolgandi.
Kun.uz’ning Özbekiston Avtomobil transporti agentligi rahbari Davron Dehqonov bilan suhbati töliq talqini tez kunda taqdim etiladi.















