Kun.uz muxbiri Turkiyadan Özbekistonga yöl olgan, 2018 yilning 17 dekabrida Eron bilan çegaradagi Kurbuloq bojxona postida töxtab qolgan turkiyalik haydovçilar masalasi böyiça Özbekiston Davlat transport agentligi bilan boğlandi.
Davlat transport agentligi vakillarining sözlariga köra, ayni paytda bojxona çegara postida ruxsatnoma kutib turgan haydovçilarga tegişli ruxsatnomalar jönatilgan.
Agentlik xorijiy davlatlarda yuk taşiş uçun ruxsatnoma blankalari haydovçilarga 3-4 kun içida yetib borişi töğrisida xabar berdi. Uzoq muddat kutib qolişiga asosiy sabab sifatida köp sonli haydovçilarning bir vaqtda yölga çiqqani keltirildi. Ma'lum qilinişiça, bunday katta hajmli tranzit qatnovi uçun agentlik tomonidan ruxsatnoma blankalariga buyurtma berilişi, ularning tayyor bölişi uçun vaqt zarur böladi.
Turkiya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi matbuot xizmati bu masala örganib çiqilişini ma'lum qildi.
Kun.uz Davlat transport agentligi rahbari Davron Tölqinoviç Dehqonov bilan intervyu uyuştirişni rejalaştirgan. Intervyuda agentlik rahbaridan uşbu masala böyiça batafsil izoh oliş möljallangan.
Eslatib ötamiz, Turkiyaning Kurbuloq çegara şaharçasi bojxonasi va uning avtoturargohida mingta yuk taşuvçi maşina ötiş ruxsatnomasini kutib turibdi. Tranzit yuk maşinalari Özbekiston orqali Qozoğiston, Tojikiston va Qirğizistonga yöl olişni möljallagan.















