Özbekistonning çekka hududlaridagi tuman va qişloqlarda yangi oraliq bekatlar quriladi. Bu haqida Özbekiston avtomobil transporti agentligi rahbari Davron Dehqonov Kun.uz muxbiriga ma'lum qilgan.

Agentlik rahbari Toşkentdan boşqa joylar jamoat transporti, vokzal va bekatlar yetarli darajada imkoniyatlar bilan ta'minlanmaganiga töxtalib ötadi.
Davron Dehqonovning aytişiça, agentlik dasturida 2019 yildan boşlab viloyatlar kesimida hokimiyatlar bilan hamkorlikda va xususiy şerikçilik asosida tadbirkorlar bilan zarur şaroitlar yaratib berilişi örin olgan. Uzoq qişloqlardagi ta'mirtalab bekatlarga e'tibor qaratiladi va oraliq bekatlar mavjud bölmagan joylarda esa quriliş işlari olib boriladi.
Özbekiston avtomobil transporti agentligi rahbari Davron Dehqonov bilan suhbatning töliq şaklini Kun.uz’ning YouTube va Mover’dagi sahifalarida tomoşa qilişingiz mumkin.
Video: Mover (tas-ix)
Video: YouTube















