Turkiyaning jami mingta yuk maşinasi 26 kundan buyon Kurbuloq şaharçasida Özbekiston tomon yölga çiqolmay turibdi. Turkiyalik haydovçilar ötgan yilning 17 dekabrida Turkiyaning Eron Islom Respublikasi bilan çegaradagi Kurbuloq bojxona postiga yetib kelgan. Bojxona postida 500, post avtoturargohi yaqinida 500ta yuk maşinasi Özbekistonga ötiş uçun ruxsatnoma blankalarini kutyapti.

Ihlas Haber Ajansi naşri xabariga köra, tranzit yuk maşinalari Özbekiston orqali Qozoğiston, Tojikiston va Qirğizistonga yöl olişni möljallagan.

Qayd etiş kerakki, transport va logistika Özbekiston va Turkiya örtasidagi ahamiyatli masalalardan sanaladi. 2017 yilning 25 – 26 oktabr kunlari Özbekiston Respublikasi prezidentining Turkiya Respublikasiga taşrifi davomida bu borada ham kelişuvlar olib borilgan. Muzokaralar davomida ikki davlat hududidan ötadigan xalqaro transport yöllarining raqobatbardoşligi va jozibadorligini oşiriş maqsadida tranzit tariflarini maqbullaştiriş va preferensiyalar taqdim qilişga kelişib olingandi.