O‘zbekiston | 20:55 / 18.01.2019
9989
3 daqiqa o‘qiladi

Endi sud majlislari onlayn translatsiya qilinadi

Joriy yilning 16 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonidan International House Tashkent akademik litseyida​ huquqbuzarlikning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholi o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, shuning bilan birga ulardagi muammolarni o‘rganish va hal etish maqsadida sayyor uchrashuv​ o‘tkazildi. 

Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahar sudlari tomonidan 2018 yil umumiy jinoyatlar soni 49 foizga, javobgarlikka tortilgan shaxslar soni esa 36,8 foizga kamaygan.
​«Bundan tashqari, sud-huquq tizimini yana ham tokomillashtirilib, xalq bilan muloqotni oshirish maqsadida ​«Toshkent​»​ telekanali bilan hamkorlikda har 15 kunda tuman sud raislari bilan ​«Odil sudlov​»​ ko‘rsatuvi yo‘lga qo‘yilib, samarali faoliyat olib bormoqda​»​, — deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi Baxtiyor Islomov​.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, ​«Xalq qabulxonasi​»​ va Bosh prokraturaning ​«Ishonch telefoni​»​ orqali, jami hisobda 5,196 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, hozirda ularning soni 2629taga kamaygan. Murojaatlarning 292tasi qanoatlantirilib, 1457tasiga huquqiy tushuntirish berilgan hamda fuqarolar tomonida 290ta minnatdorlik va tashakkurnomalar bildirilgan.

​«Asosiy yangilik shundaki, endi barcha sudlar Oliy Sud koorporativ tarmog‘iga ulanib, endi jarayonlarni onlayn kuzatish, translatsiya qilish imkoniyatlari yaratildi. 1-oktabr sanasidan boshlab sudyalar o‘rtasida ishlarni avtomatik taqsimlash tizimi ishga tushirildi. Hozirga kelib, Yashnobod, Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarida sud majlislarini internet orqali onlayn translatsiya qilish uchun barcha sharoit yaratildi va o‘z ishini boshladi. Bu esa sudlarning ochiqligini, shaffofligini ta'minlaydi»​, — deydi​ Islomov.

Tadbir ishtirokchilariga Jinoyat ishlari bo‘yicha, Ma'muriy javobgarlik, Fuqarolik burch va huquqlari hamda qator dolzarb masalalar yuzasidan qisqa tushuntirishlar berildi. Qatnashuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan va duch kelgan holatlar doirasida savollariga javob olishdi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid