Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhojirlarning katta guruhi Meksikadan yerosti yo‘li orqali AQShga o‘tdi
AQShda boshpana olishni istagan 376 nafar kishidan iborat muhojirlar guruhi Arizona shtati San-Luis shahri yaqinidagi devor ostidan qazilgan yerosti yo‘li orqali chegarani kesib o‘tdi. Bu haqda AQSh bojxona va chegara xizmati vakillariga tayanib ABC xabar qildi.
Qayd etilishicha, voqea dushanba kuni sodir bo‘lgan va muhojirlar hukumatga taslim bo‘lgan.
Bojxona xizmatining ma'lumotlariga ko‘ra, chegarani kesib o‘tganlarning 179 nafari bolalardir.
Hozirda Meksika-AQSh chegarasida Markaziy Amerika mamlakatlaridan kelgan bir necha ming muhojir to‘plangan. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, Tixuana va Mexikali shaharlarida Honduras, Gvatemala va Salvadordan kelgan 6-9 ming nafar muhojir bor.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026