Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada yonilg‘i quvurining portlashi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Meksikada 18 yanvarda yonilg‘i quvurining portlashi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, 71 kishi jarohat oldi. Bu haqda portlash yuz bergan Idalgo shtati gubernatori Omar Fayoz ma'lum qildi.
Pemex neft kompaniyasi portlash quvurning noqonuniy kesilishi oqibatida yuz berganini tasdiqlagan.
Portlash Tuspan-Tuladagi quvurdan oqayotgan yonilg‘ini bidon va kanistralarga to‘plash uchun 350 ga yaqin odam yig‘ilganda yuz bergan. Internetda voqea joyidan olingan videolavhalarda portlashdan keyin yerda yonayotgan jasadlar yotganini ko‘rish mumkin bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, voqea joyiga Pemex vakillari va harbiylar yetib kelgan.
Shuningdek, shu kuni kechki vaqt Keretaro shtatida ham quvurning kesilishi oqibatida yong‘in chiqqan.
San Xuan del Rio munitsipalitetining jamoat xavfsizligi boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘in joyida fuqarolik mudofaasi xizmati va favqulodda xizmatlar xodimlari ish olib borishgan. Ta'kidlanishicha, yong‘in odamlar yashamaydigan hududda yuz bergan va shu sababli aholiga xavf solmagan.
2018 yilda Meksikada Pemex kompaniyasi quvurlarida 12,5 mingdan ko‘proq kesilgan joy topilgan. Bu esa 2017 yilgiga nisbatan 45 foiz ko‘proqni tashkil qiladi. Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yil oxirida kompaniyaning yonilg‘i va neft o‘g‘irlanishidan ko‘rgan zarari yiliga 60 mlrd pesodan (3 mlrd dollardan ko‘proq) oshgan.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026