Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo Kubogi. Chorak finalning yana bir ishtirokchisi aniqlandi
Osiyo Kubogining nimchorak finali doirasidagi ikkinchi o‘yin C guruhining ikkinchi o‘rini vakili Xitoy hamda A guruhida ikkinchi o‘rinni olgan Tailand o‘rtasida kechdi.
Uchrashuvda xitoyliklar 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishishdi. O‘yinda dastlab Jayded hisobni ochdi, ikkinchi bo‘limda xitoyliklar 4 daqiqa ichida 2ta gol urishdi va g‘alabani ilib ketishdi. 67-daqiqada Syao Chji hisobni tenglashtirdi, uning goli 2019 yilgi Osiyo Kubogidagi yubiley - 100-gol bo‘ldi. 71-daqiqada esa Gao Lin penaltini aniq ijro etib, jamoasiga g‘alaba keltirdi va xitoyliklar chorak finalga chiqdi.


Marchello Lippi shogirdlari endi chorak finalda Eron va Ummon juftligiga qarshi maydonga chiqadi. Chorak final bahslari 24-25 yanvar kunlariga belgilangan.
Osiyo Kubogi
1/8 final
Tailand – Xitoy 1:2
Gollar: 1:0 – 31 Jayded, 1:1 – 67 Syao Chji, 1:2 – 71, penalti Gao Lin.
Tailand – Tedsungnen, Kerdkeev, Chunuonsi, Bunmatxan, Xemvibun, Songkrasin, Puangchan, Kesarat, Jayded (Pxombuppxa, 63), Dangda, Do.
Xitoy – Yan Tszyunlin, U Si, Chjan Linpen, Shi Ke, Chjen Chji, U Ley, Xao Tszyunmin, Lyu Yan (Tszin Tszindao, 64), Fen Syaotin, Yuy Dabao (Syao Chji, 64), Gao Lin.
Ogohlantirishlar: Puangchan (8), Chjan Linpen (34), U Si (35), Kesarat (43), Jayded (45), Shi Ke (61).
Mavzuga oid
08:16
Top-10: dunyo savdosida eng katta ulushga ega davlatlar
08:31 / 01.06.2026
BMT bankrotlik xavfiga duch kelmoqda - WSJ
08:21 / 01.06.2026
Xitoyning ikki yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida
20:26 / 29.05.2026