Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada quvurdagi portlashda halok bo‘lganlar soni 85 nafarga yetdi
Meksikada quvurdagi portlashda halok bo‘lganlar soni 85 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Xorxe Alkoser ma'lum qildi.
“Avvalroq 79 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi, ularga yana 6 kishi qo‘shildi”, deb aytgan Alkoser matbuot anjumanda.
Uning aytishicha, 58 kishi shifoxonada qolmoqda.
18 yanvarda Meksikaning Idalgo shtatidagi Tuspan-Tulada yonilg‘i quvuridagi yoriqdan yuzlab odamlar yonilg‘i o‘g‘irlayotganda kuchli portlash va uning ketidan yong‘in yuz bergan.
Meksikaning Pemex davlat neft kompaniyasi quvurdagi portlash uning noqonuniy kesilishi oqibatida sodir bo‘lganini tasdiqlagan.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026