Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va AQSh fevral oyida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazadi
2019 yilning 18 yanvar kuni O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining xorijdagi diplomatik missiyalari rahbarlari majlisida ishtirok etish uchun Vashington shahriga kelgan AQShning O‘zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Alan Melser bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga ko‘ra, fevral oyida o‘tkaziladigan siyosiy maslahatlashuvlarning kun tartibi, muddati va darajasi masalalarining O‘zbekiston va AQSh diplomatik missiyalariga bog‘liq jihatlari yuzasidan fikr almashilgan.
O‘zbekiston va AQSh diplomatik missiyalarining konsullik xizmatlari orqali ikki mamlakat fuqarolariga yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e'tibor qaratildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30 / 10.06.2026
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15 / 10.06.2026