Toshkentda davlat mulki ijarasi qimmatlashdi
Toshkent shahar hokimining 11.01.2019 yildagi 35-son qarori bilan Toshkent shahridagi davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun 2019 yilda qo‘llaniladigan ijara to‘lovining eng kam stavkalari tasdiqlandi.
Buxgalter’ning yozishicha, davlat ko‘chmas mulki jismoniy va yuridik shaxslarga alohida tartibda, ijaraga oluvchilar, balansda saqlovchilar va hududiy davlat mulkini ijaraga berish markazlari o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar tuzish yo‘li bilan ijaraga beriladi.
Bunda binolar va inshootlar bo‘yicha ijara to‘lovi stavkasi tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan eng kam stavkalardan kam bo‘lishi mumkin emas.
O‘tgan yillarda bo‘lganidek, ijara to‘lovi stavkalari ijaraga oluvchining iqtisodiy faoliyat tarmoqlari kesimida, ya'ni ijaraga olinayotgan maydonlardan foydalanish maqsadiga qarab farqlanadi. O‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda, indeksatsiya miqdori o‘rta hisobda qariyb 70%ni tashkil etdi.
2019 yilda Toshkent shahridagi davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun quyidagi ijara to‘lovining eng kam stavkalari belgilandi:
Hujjatga ilovalarda taqdim etilgan Ijara to‘lovini (ijara to‘lovining tayanch stavkasini) hisoblab chiqish tartibi va qo‘llanadigan koeffitsiyentlar, shuningdek Toshkent shahridagi markaziy qatnov ko‘chalari ro‘yxati o‘zgartirishsiz qoldirildi.
Mavzuga oid
10:27
Toshkentda eng arzon uy-joy ijarasi qaysi tumanlarda ekani aytildi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
15:05 / 12.11.2024