Jamshid Kenjayev ishi. Ayblanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglandi

21 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida o‘tgan yilning avgustida tungi klubdagi pichoqbozlik vaqtida halok bo‘lgan Jamshid Kenjayev ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Kun.uz muxbiri birinchi sud eshituvida ishtirok etdi.
Ayblanuvchi Shodali Qilichov ayblovlarga nisbatan qisman (Jinoyat Kodeksining 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») 2-qismining «v» va «j» bandlari) iqrorligini bildirdi. U o‘zining qo‘riqchiligi vaqtida spirtli ichimlik ta'sirida bo‘lgan Jamshid Kenjayev qo‘lida pichoq bilan «Aurum 898» tungi klubiga kirmoqchi bo‘lganida qo‘riqchilar tomonidan to‘xtatilgani, qo‘riqchilar unga nisbatan xushmuomala munosabatda bo‘lganga qaramay, pichoq bilan tashlangani, shundan so‘ng qo‘riqchilar o‘zlarini himoya qilish maqsadida unga qarshilik ko‘rsatishgani haqida ko‘rsatma bergan.
Qilichovning so‘zlariga ko‘ra, Kenjayev kelganida qo‘riqchilardan biri Sherali Ilyasov uning yo‘lidan chiqqan va unga ichkariga pichoq bilan kirish mumkin emasligini tushuntirgan. Biroq, Kenjayev hech kimning so‘ziga quloq solmagan va qo‘riqchilarga bo‘ysunmasdan, Qilichovning tog‘asi hisoblangan Ilyasovga pichoq bilan zarba bergan. Qilichov ham bu vaqtda yonidagi pichog‘ini ishga solgan.
«Biz tinchlik tarafdori edik. Biz chekindik. Biroq, Jamshid pichoq urgan edi. Keyin tog‘am kurash uslubini qo‘llab, uni yerga qulatdi. Nima qilishni bilmay qolgandik. Maqsadimiz uni zararsizlantirish edi. Pichoqni tashlamadi. Hamma joy qon bo‘lib ketdi. Unga qanday qilib pichoq tiqib olganimni bilmay qoldim. Keyin ichki ishlar xodimlari kelishdi. Jamshidga yordam ko‘rsatdik. Tez yordam 35 daqiqalarda yetib keldi. Bizning hech qanday adovatimiz ham, o‘ldirish niyatimiz ham yo‘q edi», dedi Shodali Qilichov.
Shundan so‘ng, ayblanuvchilardan yana biri Saidazim Kamoldinov ham o‘z ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.
«Avvalo hammadan uzr so‘rayman. Marhumning oilasiga ta'ziyamni izhor etaman. Joyi jannatda bo‘lsin. Oldindan bu joyda ishlardim. Jamshid Kenjayev oldin ham kelib turar edi. Tug‘ilgan kunini ham nishonlagan. O‘shanda ham pichog‘ini chiqarib o‘tirardi. Hech kim hech narsa deyishga botinolmasdi. O‘sha kuni ham mashinada keldi. Hamma bilan salomlashdi. Pichog‘i ko‘rinib turardi. Shunda Shodali aka keldi-da, «Kechirasiz, pichog‘ingizni tashlab keting, qaytib chiqishda qaytarib beramiz dedi. Yonida ikki og‘aynisi bor edi. Keyin boshqa og‘aynilari tushib kelishdi. To‘polon boshlanib ketdi. Men o‘rtaga chiqdim-da qo‘limni ko‘tarib «kerakmas» dedim. Meni aylanib o‘tdi-da, borib pichoq bilan tashlandi. Keyin urush-to‘polon bo‘lib ketdi. Mening yonimda ham pichoq bor edi. O‘zimni himoya qilish uchun olib yurardim. Men ham orqasiga pichoq urdim. Bu o‘ldirish maqsadida emas edi. Boshqa narsalarni ko‘rmadim», deya ko‘rsatma berdi Kamoldinov.
Ayblanuvchi Alijon Xamrayev o‘zining ko‘rsatmasida quyidagi so‘zlarni aytib o‘tdi: «Ishga kirganimga ikki kun bo‘lgan edi. Jamshid kelgan vaqtida unga tushuntirmoqchi bo‘ldim. «O‘zing sportchi bola ekansan. Sen aralashma, eshikning oldidan qochgin», dedi. Sherali aka to‘xtatgan edi, shapaloq urib yubordi. Keyin aylanib kelib pichoq urdi. Ichkariga yugurib kirib stul olib chiqdim. Chiqqanimda yer qon bo‘lib ketgan ekan. Sherali aka qo‘lidan pichoqni olish kerakligini aytdi, yana ichkariga qaytib kirib bita (beysbol tayog‘i) olib chiqdim. Men Jamshidni tanimasdim. Keyin tez yordam chaqirishdi. Keyin ichki ishlar xodimlari keldi va biz ichki ishlar bo‘limiga ketdik. Jamshid Kenjayevning oilasidan kechirim so‘rayman. Qilgan ishimdan pushaymonman».
Sudda qatnashgan Jamshid Kenjayevning turmush o‘rtog‘iga ham so‘z berildi.
«Sizlar odamni hayvonlarcha o‘ldirdinglar. Sizlarning xizmat vazifangiz shundan iboratmi? Bu hammasi oldindan tayyorlangan», deya ta'kidladi beva ayol.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Sud 23 yanvarga qadar tanaffus e'lon qilgan. Sayt muxbirlari keyingi sud eshituvlarida ham ishtirok etib, jarayon tafsilotlarini yetkazib borishadi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonlik agronomlar Italiya ilmiy markazlarida amaliyot o‘taydi
O‘zbekiston | 09:48
-
Ekzitpol: Polsha saylovlarida konservator Navrotskiy yetakchilik qilmoqda
Jahon | 09:30
-
O‘zbekistonda 2030 yilgacha yashillik darajasi 30 foizga yetkaziladi
O‘zbekiston | 09:10
-
Zelenskiy Rossiya aerodromlariga hujumda qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi
Jahon | 08:51
Mavzuga oid

18:37 / 29.05.2025
Farg‘onada tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi

14:53 / 29.05.2025
Sud jurnalist Anora Sodiqovaning da’vosini rad etdi

12:56 / 29.05.2025
Sud Tramp kiritgan ko‘plab bojlarni noqonuniy deb topdi

12:02 / 24.05.2025