21 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida ötgan yilning avgustida tungi klubdagi piçoqbozlik vaqtida halok bölgan Jamşid Kenjayev işi böyiça sud jarayoni boşlandi. Kun.uz muxbiri birinçi sud eşituvida iştirok etdi.
Ayblanuvçi Şodali Qiliçov ayblovlarga nisbatan qisman (Jinoyat Kodeksining 97-moddasi («Qasddan odam öldiriş») 2-qismining «v» va «j» bandlari) iqrorligini bildirdi. U özining qöriqçiligi vaqtida spirtli içimlik ta'sirida bölgan Jamşid Kenjayev qölida piçoq bilan «Aurum 898» tungi klubiga kirmoqçi bölganida qöriqçilar tomonidan töxtatilgani, qöriqçilar unga nisbatan xuşmuomala munosabatda bölganga qaramay, piçoq bilan taşlangani, şundan söng qöriqçilar özlarini himoya qiliş maqsadida unga qarşilik körsatişgani haqida körsatma bergan.
Qiliçovning sözlariga köra, Kenjayev kelganida qöriqçilardan biri Şerali Ilyasov uning yölidan çiqqan va unga içkariga piçoq bilan kiriş mumkin emasligini tuşuntirgan. Biroq, Kenjayev heç kimning söziga quloq solmagan va qöriqçilarga böysunmasdan, Qiliçovning toğasi hisoblangan Ilyasovga piçoq bilan zarba bergan. Qiliçov ham bu vaqtda yonidagi piçoğini işga solgan.
«Biz tinçlik tarafdori edik. Biz çekindik. Biroq, Jamşid piçoq urgan edi. Keyin toğam kuraş uslubini qöllab, uni yerga qulatdi. Nima qilişni bilmay qolgandik. Maqsadimiz uni zararsizlantiriş edi. Piçoqni taşlamadi. Hamma joy qon bölib ketdi. Unga qanday qilib piçoq tiqib olganimni bilmay qoldim. Keyin içki işlar xodimlari kelişdi. Jamşidga yordam körsatdik. Tez yordam 35 daqiqalarda yetib keldi. Bizning heç qanday adovatimiz ham, öldiriş niyatimiz ham yöq edi», dedi Şodali Qiliçov.
Şundan söng, ayblanuvçilardan yana biri Saidazim Kamoldinov ham öz körsatmalarini berib ötdi.
«Avvalo hammadan uzr sörayman. Marhumning oilasiga ta'ziyamni izhor etaman. Joyi jannatda bölsin. Oldindan bu joyda işlardim. Jamşid Kenjayev oldin ham kelib turar edi. Tuğilgan kunini ham nişonlagan. Öşanda ham piçoğini çiqarib ötirardi. Heç kim heç narsa deyişga botinolmasdi. Öşa kuni ham maşinada keldi. Hamma bilan salomlaşdi. Piçoği körinib turardi. Şunda Şodali aka keldi-da, «Keçirasiz, piçoğingizni taşlab keting, qaytib çiqişda qaytarib beramiz dedi. Yonida ikki oğaynisi bor edi. Keyin boşqa oğaynilari tuşib kelişdi. Töpolon boşlanib ketdi. Men örtaga çiqdim-da qölimni kötarib «kerakmas» dedim. Meni aylanib ötdi-da, borib piçoq bilan taşlandi. Keyin uruş-töpolon bölib ketdi. Mening yonimda ham piçoq bor edi. Özimni himoya qiliş uçun olib yurardim. Men ham orqasiga piçoq urdim. Bu öldiriş maqsadida emas edi. Boşqa narsalarni körmadim», deya körsatma berdi Kamoldinov.
Ayblanuvçi Alijon Xamrayev özining körsatmasida quyidagi sözlarni aytib ötdi: «Işga kirganimga ikki kun bölgan edi. Jamşid kelgan vaqtida unga tuşuntirmoqçi böldim. «Özing sportçi bola ekansan. Sen aralaşma, eşikning oldidan qoçgin», dedi. Şerali aka töxtatgan edi, şapaloq urib yubordi. Keyin aylanib kelib piçoq urdi. Içkariga yugurib kirib stul olib çiqdim. Çiqqanimda yer qon bölib ketgan ekan. Şerali aka qölidan piçoqni oliş kerakligini aytdi, yana içkariga qaytib kirib bita (beysbol tayoği) olib çiqdim. Men Jamşidni tanimasdim. Keyin tez yordam çaqirişdi. Keyin içki işlar xodimlari keldi va biz içki işlar bölimiga ketdik. Jamşid Kenjayevning oilasidan keçirim sörayman. Qilgan işimdan puşaymonman».


















