Jahon | 09:40 / 22.01.2019
29840
2 daqiqa o‘qiladi

Qadimgi tosh yodgorlik soxta bo‘lib chiqdi

Foto: Aberdeenshire council/PA

Shotlandiyada yoshi ming yilga teng deb baholangan megalitik qurilma soxta bo‘lib chiqdi, u o‘tgan asrning 90-yillarida fermer tomonidan yaratilgan. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Doira shaklidagi o‘ziga xos qurilma Shotlandiyaning Aberdinshir okrugidagi Leoshel-Kushni prixodida joylashgan. Shunga o‘xshash boshqa kromlexlardan uni turuvchi toshlarning kichik hajmi va diametri ajratib turadi. Shotlandiya arxeologik xizmati megalitni haqiqiy qadimiy kromlex deb hisoblagan va tadqiqot olib borgan. Biroq, u joylashgan yerdagi ferma sobiq egasi o‘zi qurilma quruvchilaridan biri ekanini ma'lum qildi.

Arxeologik xizmat vakillarining xabar berishicha, megalit haqiqiy bo‘lib chiqmaganidan afsuslanishgan, ammo uni «landshaftning ajoyib elementi», deb hisoblashyapti.

Kech neolit yoki erta bronza asrida yaratilgan va doira bo‘lib turuvchi, vertikal ravishda qo‘yilgan toshlar guruhidan iborat qadimiy qurilma kromlex deb ataladi. Ko‘pincha megalitlar, masalan, Stounxenj kromlex deyiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid