Toshkent viloyatida piyodani urib ketgan haydovchi aniqlandi
Toshkent viloyati IIB YHXB va Toshkent tumani IIB tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida yarim tunda piyodani urib ketgach, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi va uning avtomashinasi aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB YHXB Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.
Hodisa 2019 yil 22 yanvar kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumanida ro‘y bergan. Noma'lum avtomashina haydovchisi tomonidan Toshkent-To‘labek avtomobil yo‘li bo‘ylab, Toshkent shahridan To‘labek MFYga harakatlanayotib, shu yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan piyoda J.Z.ni urib yuborgan. Shundan so‘ng, voqea joyidan yashiringan. Piyoda J.Z. yelka o‘mrov suyagining yopiq sinishi tan jarohati bilan tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Toshkent viloyati YHXB va Toshkent tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida jinoyat issiq izidan fosh etildi. Ushbu yo‘l-transport hodisasini Toshkent shahar Yunusobod tumani 7-mavzesida istiqomat qiluvchi, 1982 yilda tug‘ilgan haydovchi «Matiz» rusumli avtomashinasida sodir etgani aniqlangan. Haydovchiga nisbatan O‘zR JKning 117-moddasi, ya'ni «xavf ostida qoldirish» hamda 266-moddasi, ya'ni «transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish»ning tegishli qismlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Gumonlanuvchining aybi isbotlanib, jinoiy ish sudga oshirilgan taqdirda, 117-modda birinchi qismiga ko‘ra, uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari va 266-moddaning birinchi qismiga binoan eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.
Mavzuga oid
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024
Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8 noyabrdan boshlanadi
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22:14 / 05.11.2024