Jahon | 08:34 / 22.01.2019
17504
1 daqiqa o‘qiladi

«Yulya – bu o‘q»: Ukraina bosh prokurori Timoshenkoga nisbatan munosabatini aytdi

Foto: RIA Novosti

Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenkoning ma'lum qilishicha, mamlakat sobiq bosh vaziri va «Batkivshchina» partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenkoni «Kreml agenti», deb hisoblamaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Yulya - Kreml agenti, degan fikrlarni qat'iy ravishda inkor qilaman. Men u haqida juda ko‘p narsalarni bilaman. Yulya - bu o‘q, u faqat o‘ziga ma'lum bo‘lgan trayektoriya bo‘ylab uchmoqda. Biroq, bunda xavf ham bor, u buni faqat o‘zi to‘g‘ri deb hisoblagan tarzda qilmoqda», - dedi Lutsenko.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Timoshenko olib borayotgan «o‘taketgan populizm siyosati»ga qo‘shilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yushchenko Rossiya aholisini qullikka «muhabbatda» ayblagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid