Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro shahar hokimligi bo‘lim boshlig‘i pora olayotganda qo‘lga tushdi
Buxoro shahar hokimligi bo‘limi boshlig‘i B.Q. fuqaro B.M. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro S.R.dan Buxoro shahar hokimligi tasarrufidagi kam ta'minlangan oilalar yotoqxonasidan ikki xonali uy ajratib berish uchun pora olayotganda ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda hokimlik mutasaddisi talab qilgan 1200 dollarning 500 dollarini olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan B.Q. va B.M.larga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:41
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
18:29 / 13.06.2026
Toshkentda fuqarodan ming dollar talab qilgan tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi
15:47 / 13.06.2026
Poraxo‘rlik jinoyati ishtirokchilari muddatidan ilgari ozod qilinmaydi
15:20 / 13.06.2026