Jahon | 08:16 / 24.01.2019
7623
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In Trampdan maktub oldi

Foto: EPA

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Trampdan maktub oldi, deya xabar beradi Koreya Markaziy telegraf agentligi.

Ta'kidlanishicha, KXDR rahbariga Trampdan maktubni Vashingtonga ikkinchi Amerika-Koreya sammitini muhokama qilish uchun borgan partiya MQ raisi o‘rinbosari Kim Yen Chxor topshirgan.

«Kim Yen Chxor Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning shaxsan o‘zi tomonidan yozilgan maktubni topshirdi», - deyiladi agentlik saytida.

Koreya Markaziy telegraf agentligidan qayd etishlaricha, Kim Chen In Trampning «ajoyib xabari»dan «qoniqqan». Shuningdek, Shimoliy Koreya yetakchisi «bir nechta masalalarda AQSh bilan kelishuvga erishish bo‘yicha noodatiy qat'iyat hamda irodani bildirgan».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tahlilchilar KXDRda maxfiy raketa bazasini topishgandi.

Mavzuga oid