Kokos suvining foydasi
Sog‘lom ovqatlanish tarafdorlari o‘rtasida kokos suvini iste'mol qilish tobora ommalashmoqda. Bu ichimlik nimasi bilan foydali? Bunga kimlar ko‘proq e'tibor bergani ma'qul? Bu savollarga birgalikda javob topamiz.
Sog‘lom turmush tarzi, ixcham tana hozir juda urfda. Sog‘lom mahsulotlar bo‘limlarida kokos suvini uchratish mumkin. Mahsulotning foydasi haqida suhbatlashamiz.
Tabiiy izotonik
Izotonik bu – faol jismoniy mashqlardan keyin organizmga yordam beruvchi ichimlik. Odatda mashg‘ulotlar vaqtida va jismoniy faollik yuqori bo‘lganida iste'mol qilinadi. Tabiiy izotonik bo‘lgan kokos suvi kuch zaxirasini tezda to‘ldiradi. Yana bir afzalligi – chanqoqni tezda qondirib, organizmdagi suv muvozanatini tiklaydi.
Detoks
Kokosli suv organizmning tozalanish jarayonida ham yordam beradi. U og‘ir metall va toksinlarini chiqarib tashlaydi. Uzoq va doimiy ravishda iste'mol qilinganida moddalar almashinuvi ancha yaxshilanadi.
Yoshlik
Kokos suvini doimiy ravishda iste'mol qiladigan kishilar u terining yoshligini uzaytirishini aytishgan. Buning hayron qoladigan jihati yo‘q. Axir ichimlik tarkibida hujayralarning o‘sishiga ta'sir ko‘rsatadigan o‘simlik gormonlari bor. Kokos suvini doimiy ravishda iste'mol qilish teringizga taranglik va yarqirashni beradi.
Parhez
Ichimlik tarkibida yog‘lar mavjud emas. 100 gramm suvga 18 kkal to‘g‘ri keladi. Bu esa boshqa istalgan izotonikka qaraganda kamroq. Shunga qaramay, ichimlik mikroelementlarga boy.
Moddalar almashinuvining tezlashishi
Kokos suvi metabolizmga ta'sir ko‘rsatadi. Bu parhezga amal qiluvchi va tanasini ixcham ko‘rinishga keltirishni istaganlar uchun a'lo darajadagi natija.
Ishtahaning pasayishi
Vazn va tana hajmini kamaytirishga intilganlar uchun yana bir afzallik.
Mutaxassislar bu borada nima deyishadi?
Shifokorlar kokos suvi qondagi qand miqdorini kamaytirishini ta'kidlashadi. Shuningdek, u buyraklar faoliyatida buzilishlari bo‘lgan kishilar uchun ham foydali. Ichimlikni doimiy ravishda iste'mol qilish talvasa ehtimolini kamaytiradi.
Chaqaloqlar uchun
Kokos suvi tarkibida laurin kislotasi bor. U ona sutida ham mavjud va oziqlantirishda juda muhim. Shifokorlar bu ichimlik bolani tabiiy oziqlantirish o‘rnini bosishi mumkinligini ta'kidlashmoqda.
Mavzuga oid
21:24 / 23.11.2024
Olimlar bakteriyalardan yangi antibiotik yaratdi
15:25 / 21.11.2024
Hatto sport yordam bermasligi mumkin: uzoq vaqt o‘tirish yurak kasalliklari xavfini oshirishi aniqlandi
17:32 / 18.11.2024
Olimlar uyqu sifatini oshiruvchi formulani taklif qildi
16:48 / 16.11.2024