Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya aeroportida quyun yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusni ag‘darib yubordi
Foto: Daily Sabah
Turkiyaning Antalya shahrida quyun yo‘lovchilarni aeroport binosidan samolyotga olib ketayotgan avtobusni ag‘darib yubordi. Bu haqda Daily Sabah gazetasi xabar berdi.
Quyun shuningdek, yana bir avtobus, miniven va ikkita trapni ag‘darib tashlagan. Bundan tashqari, ikki samolyot va politsiya vertolyotiga shikast yetgan. Hodisa natijasida 12 kishi jarohatlangan.
Powerful tornado sweeping through #Antalya airport in Turkey — it’s caused quite some damage to both commercial aircraft & ground equipment pic.twitter.com/uzUcIAu5lS
— Alex Macheras (@AlexInAir) January 26, 2019
Antalyada keyingi to‘rt kun ichida beshinchi marta quyun sodir bo‘ldi. Hukumat kuchli shamol ortda qolganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
20:34
Istanbulning sobiq meri Akrom Imomo‘g‘liga 2430 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda
17:59
Tehron Turkiya, Ozarboyjon va Kiprga qilingan hujumlar yuzasidan bayonot berdi
18:22 / 08.03.2026
Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
11:48 / 07.03.2026