Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Vaqf” fondi Andijonda saxovat tadbiri o‘tkazdi
“Vaqf” xayriya jamoat fondi O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Andijon viloyati vakilligi majlislar zalida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma'naviy quvvatlash maqsadida saxovat tadbiri o‘tkazdi.

Tadbir avvalida Andijon viloyati bosh imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov, “Vaqf” fondi rahbari Iskandar Xalilovlar so‘z olib, xayriya jamoat fondi tomonidan amalga oshirilayotgan savobli loyihalar, turli aksiyalar haqida ma'lumot berdilar.

Shundan so‘ng viloyatning barcha tuman va shaharlaridan kelgan 18 nafar imkoniyati cheklangan kishiga nogironlik aravachalari, 80 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillariga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Viloyat hududida faoliyat yuritayotgan masjidlarga kitob jamlanmalari hadya qilindi. Tadbir davomida “Vaqf” fondi tomonidan 100 million so‘mdan ziyod xayriya amalga oshirildi.

Andijon shahri va Andijon tumanida yashovchi ikki nafar og‘ir bemor holidan xabar olinib, ularga nogironlik aravachalari topshirildi.










Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026